Nima uchun Pearson BTEC
Xalqaro ta’lim dasturi Pearson BTEC haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2024 yildagi PF-158-son farmonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Jizzax shahar 1-son texnikumida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan...
9-Sinf Bitiruvchilari
Qurilish ishlari ishchisi
Payvandlovchi
Elektromontyor
Kompyuter grafikasi va dizayn
11-Sinf Bitiruvchilari
Buxgalteriya hisobi va audit (sirtqi)
Muqobil va noan’anaviy energiya qurilmalariga xizmat ko’rsatish (sirtqi)
Dual ta'lim
2-kun nazariy
Bu bosqichda o‘quvchilar kasbiy bilimlar, sohaning asosiy tamoyillari va texnologik jarayonlar bilan tanishadilar.
4-kun amaliy
O‘quvchilar o‘z sohalari bo‘yicha haqiqiy ish muhitida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Jizzax shahar 1-son texnikumini 2025–2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi
Mazkur strategiya texnikumning 2025–2030 yillarda rivojlanishining maqsad va vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini, ijro muddatlari, mas'ul ijrochilar, zarur resurslar hamda natijalarni baholash ko'rsatkichlarini belgilaydi.
Strategik maqsadlar
1-maqsad: Ta'lim sifati
Ta'lim sifatini davlat ta'lim standartlari va xalqaro talablar darajasiga yetkazish, 2027 yilda kompleks davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tish.
2-maqsad: Dual ta'lim va bandlik
Dual ta'lim va ish beruvchilar bilan integratsiyani kengaytirish orqali bitiruvchilar bandligini 2030 yilda kamida 90% ga yetkazish.
3-maqsad: Pearson dasturlari
Buyuk Britaniyaning Pearson xalqaro ta'lim dasturlarini rivojlantirish, xorijiy hamkorlar bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish.
4-maqsad: Qurilish markazi va xalqaro migratsiya
"Qurilish sohasi bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash" markazi orqali tartibli mehnat migratsiyasi uchun xalqaro talablarga mos kadrlar tayyorlash.
5-maqsad: Kadrlar salohiyati va zamonaviy baza
Pedagog kadrlar salohiyati, raqamli va moddiy-texnik baza hamda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, o'quvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash.
Asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari (2025–2030)
| Ko'rsatkichlar | 2025 | 2026 | 2027 | 2028 | 2029 | 2030 |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Malaka toifasiga ega o'qituvchilar ulushi (%) | 20% | 42% | 50% | 60% | 70% | 80% |
| Bitiruvchilar bandligi (%) | 30% | 75% | 80% | 85% | 88% | 90% |
| Dual ta'lim dasturlari soni | 4 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| Pearson xalqaro yo'nalishlari soni | 4 | 4 | 4 | 5 | 5 | 6 |
| Pearson o'quvchilaridan xalqaro sertifikat olganlar (%) | 20% | 75% | 80% | 85% | 85% | 90% |
| Ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalari soni | 10 | 15 | 20 | 24 | 27 | 30 |
| Internet bilan qamrab olingan o'quv xonalari (%) | 50% | 60% | 100% | 100% | 100% | 100% |
Texnikum pasporti va faoliyat yo'nalishlari:
- 🏛 To'liq nomi: O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi Jizzax shahar 1-son texnikumi.
- 📚 Ta'lim dasturlari: Jami 13 ta dastur (354 nafar o'quvchi kontingenti), shundan Buyuk Britaniyaning Pearson dasturi bo'yicha 4 ta xalqaro yo'nalish.
- 🏗 Maxsus markaz: Migratsiya agentligi buyurtmasi asosida xorijda (jumladan, Yevropa davlatlarida) ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash markazi.
- 💻 Infratuzilma: Barcha o'quv xonalari elektron doskalar va videokameralar bilan jihozlangan, IT markaz hamda zamonaviy ustaxonalar mavjud.
Rasmiy tasdiqlangan
Jizzax viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i v.v.b. B.O'sarov tomonidan tasdiqlangan (2025-yil 29-avgust).
Jizzax shahar 1-son texnikumi direktori: N.Tursunbayeva
SPEECH AND LANGUAGE — DARS JARAYONIDAN LAVHALAR
Speech and Language dars mashg‘uloti
Jizzax shahar 1-son texnikumida Speech and Language mavzusida tashkil etilgan dars mashg‘ulotidan lavhalar.
🎓 Dars davomida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalari, til kompetensiyasi hamda samarali muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qurilish ishlari amaliyoti
Texnikum moddiy-texnik bazasi






Yaratilgan sharoitlar
biz bilan yanada qulay.
250
O’rinli yotoqxona
250
O’rinli oshxona
200
O’rinli ustaxona
120
Faollar zali
1
Sport zal
Manzilimiz
Jizzax shahri, Qaliya mahallasi Beshyog’och ko’chasi 77-uy
BIZNING HAMKORLAR



