Manzili Jizzax shahri, Beshyog’och ko’chasi 77-uy

Jizzax shahar 1-son texnikumi

2026-2027 o’quv yili uchun xalqaro ta’lim dasturi Pearson BTEC bo’yicha kunduzgi, sirtqi va dual ta’lim bo’yicha o’qishga taklif qiladi.

Nima uchun Pearson BTEC


about
Xalqaro ta’lim dasturi Pearson BTEC haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2024 yildagi PF-158-son farmonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Jizzax shahar 1-son texnikumida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan...

9-Sinf Bitiruvchilari


Qurilish ishlari ishchisi
Payvandlovchi
Elektromontyor
Kompyuter grafikasi va dizayn

11-Sinf Bitiruvchilari


Buxgalteriya hisobi va audit (sirtqi)
Muqobil va noan’anaviy energiya qurilmalariga xizmat ko’rsatish (sirtqi)

Dual ta'lim


2-kun nazariy

Bu bosqichda o‘quvchilar kasbiy bilimlar, sohaning asosiy tamoyillari va texnologik jarayonlar bilan tanishadilar.

4-kun amaliy

O‘quvchilar o‘z sohalari bo‘yicha haqiqiy ish muhitida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Strategik reja

Jizzax shahar 1-son texnikumini 2025–2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi

Mazkur strategiya texnikumning 2025–2030 yillarda rivojlanishining maqsad va vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini, ijro muddatlari, mas'ul ijrochilar, zarur resurslar hamda natijalarni baholash ko'rsatkichlarini belgilaydi.

Strategik maqsadlar

1-maqsad: Ta'lim sifati

Ta'lim sifatini davlat ta'lim standartlari va xalqaro talablar darajasiga yetkazish, 2027 yilda kompleks davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tish.

2-maqsad: Dual ta'lim va bandlik

Dual ta'lim va ish beruvchilar bilan integratsiyani kengaytirish orqali bitiruvchilar bandligini 2030 yilda kamida 90% ga yetkazish.

3-maqsad: Pearson dasturlari

Buyuk Britaniyaning Pearson xalqaro ta'lim dasturlarini rivojlantirish, xorijiy hamkorlar bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish.

4-maqsad: Qurilish markazi va xalqaro migratsiya

"Qurilish sohasi bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash" markazi orqali tartibli mehnat migratsiyasi uchun xalqaro talablarga mos kadrlar tayyorlash.

5-maqsad: Kadrlar salohiyati va zamonaviy baza

Pedagog kadrlar salohiyati, raqamli va moddiy-texnik baza hamda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, o'quvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash.

Asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari (2025–2030)

Ko'rsatkichlar 2025 2026 2027 2028 2029 2030
Malaka toifasiga ega o'qituvchilar ulushi (%) 20%42%50%60%70%80%
Bitiruvchilar bandligi (%) 30%75%80%85%88%90%
Dual ta'lim dasturlari soni 445678
Pearson xalqaro yo'nalishlari soni 444556
Pearson o'quvchilaridan xalqaro sertifikat olganlar (%) 20%75%80%85%85%90%
Ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalari soni 101520242730
Internet bilan qamrab olingan o'quv xonalari (%) 50%60%100%100%100%100%

Texnikum pasporti va faoliyat yo'nalishlari:

  • 🏛 To'liq nomi: O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi Jizzax shahar 1-son texnikumi.
  • 📚 Ta'lim dasturlari: Jami 13 ta dastur (354 nafar o'quvchi kontingenti), shundan Buyuk Britaniyaning Pearson dasturi bo'yicha 4 ta xalqaro yo'nalish.
  • 🏗 Maxsus markaz: Migratsiya agentligi buyurtmasi asosida xorijda (jumladan, Yevropa davlatlarida) ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash markazi.
  • 💻 Infratuzilma: Barcha o'quv xonalari elektron doskalar va videokameralar bilan jihozlangan, IT markaz hamda zamonaviy ustaxonalar mavjud.
Rasmiy tasdiqlangan

Jizzax viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i v.v.b. B.O'sarov tomonidan tasdiqlangan (2025-yil 29-avgust).


Jizzax shahar 1-son texnikumi direktori: N.Tursunbayeva

SPEECH AND LANGUAGE — DARS JARAYONIDAN LAVHALAR

16-Noyabr, 2026 | 16:17

Speech and Language dars mashg‘uloti

Jizzax shahar 1-son texnikumida Speech and Language mavzusida tashkil etilgan dars mashg‘ulotidan lavhalar.

🎓 Dars davomida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalari, til kompetensiyasi hamda samarali muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Ta’lim — bilim, muloqot va rivojlanish sari muhim qadam!

Qurilish ishlari amaliyoti


Amaliyot

Texnikum moddiy-texnik bazasi


Texnika
Texnika
Texnika
Texnika
Texnika
Texnika

Yaratilgan sharoitlar
biz bilan yanada qulay.

250

O’rinli yotoqxona

250

O’rinli oshxona

200

O’rinli ustaxona

120

Faollar zali

1

Sport zal

Manzilimiz

Jizzax shahri, Qaliya mahallasi Beshyog’och ko’chasi 77-uy


Savollaringiz bormi?

Bizning xodimlarimiz 24/7 sizga yordam berishga tayyor.

+998 77 120-09-08
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

BIZNING HAMKORLAR

basalt
byd
kia
pearson